Tovarlaringizni rcshop.uz'da soting
rcshop.uz — RC modellar, dronlar, radiodetallar va elektronika katalogi. Saytda RCShop o'z tovarlarini sotadi, yonida hamkor do'konlar. Do'koningizni shu yerda ochsangiz, katalogga kelgan xaridor sizning tovarlaringizni ham ko'radi.
Kimlar sotadi
Platformadagi do'konlar. Har bir tovar kartochkasida sotuvchi nomi va uning do'koniga havola turadi.
Sotuvchi nima oladi
O'z do'kon sahifasi
rcshop.uz/store/do-kon-nomi — logotip, banner, tavsif, aloqa, reyting va sharhlar. Havolani Telegram yoki Instagramda tarqatsangiz, mijoz to'g'ridan-to'g'ri sizning tovarlaringizga tushadi.
Katalog trafigi
Tovarlaringiz umumiy katalogda, qidiruvda va kategoriyalarda chiqadi — sayt o'ziga keladigan trafikni siz bilan bo'lishadi. Har kartochkada do'koningiz nomi ko'rinadi.
Buyurtmalar paneli
Saytdan kelgan buyurtma panelingizga tushadi: mijoz, tarkib, yetkazish turi va holat. Bitta savatda bir nechta do'kon bo'lsa, buyurtma do'konlarga bo'linadi — siz faqat o'z qismini ko'rasiz. Telegram bildirishnomasini yoqsangiz, har yangi buyurtma guruhingizga ham tushadi.
Kassa (POS) va admin panel
Jismoniy do'koningiz bo'lsa, kelishib kassani ham ulaymiz: smena ochish, chek, naqd/karta, kassa kirim-chiqimi. Kassadagi savdo o'sha ombordan qoldiqni ayiradi — saytdagi va do'kondagi qoldiq bitta raqam bo'ladi. Ko'pchilik marketplace kassa bermaydi.
Narx va qoldiq sizda
Narx, chegirma, foto va tavsifni o'zingiz boshqarasiz. Tovarni vaqtincha sotuvdan olish ham sizning qo'lingizda.
Reyting va sharhlar
Do'kon reytingi xaridorlar sharhlaridan yig'iladi. Do'konlar ro'yxati sukut bo'yicha reyting bo'yicha saralanadi.
Qanday ishlaydi
- 1ArizaPastdagi formani to'ldirasiz: do'kon nomi, aloqa va qaysi kategoriyalarda sotasiz.
- 2Ko'rib chiqishBiz bog'lanamiz, assortimentni ko'ramiz va shartlarni kelishamiz. Komissiya foizi har bir do'kon bilan alohida belgilanadi — assortiment va hajmga qarab.
- 3Do'kon va panelKelishilgach do'kon sahifangiz ochiladi va email bo'yicha panelga kirish beriladi. Logotip bilan 2-3 gapli tavsifni bizga yuborasiz — ularni o'zimiz qo'yamiz.
- 4Tovarlarni qo'shishAvval ombor, keyin tovar: nom, kategoriya, brend, narx, qoldiq, foto va tavsif. Kategoriya yoki brend ro'yxatda bo'lmasa — so'rov yuborasiz, biz qo'shamiz.
- 5ModeratsiyaYangi do'konning tovarlari saytga chiqishdan oldin tekshiriladi — odatda bir ish kuni ichida. Do'kon barqaror ishlay boshlagach, yangi tovarlaringiz navbatsiz chiqadi. Qoldiqni o'zgartirish tekshiruvni qayta boshlamaydi.
- 6Sotuv boshlanadiTovarlar katalogda paydo bo'ladi, do'kon sahifangiz ochiladi va buyurtmalar panelga tusha boshlaydi.
Sizdan nima kutamiz
Saytda turgan tovar omborda bo'lishi kerak. "Bor" deb turib yo'q bo'lsa, buyurtma bekor bo'ladi — bu mijozni ham, saytni ham yo'qotadi.
Tovarning o'z surati kerak. Boshqa saytdan olingan yoki boshqa modelning rasmi moderatsiyadan o'tmaydi.
Buyurtma tushganda mijoz bilan bir ish kuni ichida bog'lanish — eng muhim talab.
Narx saytda qanday turgan bo'lsa, shunday sotiladi. Kafolat va qaytarish shartlari tavsifda yozilgan bo'lishi kerak.
YaTT yoki MChJ bo'lgani yaxshi — hisob-kitob va hujjat shu orqali yuritiladi.
Bu talablar buzilsa, do'kon vaqtincha to'xtatiladi va tovarlari katalogdan olinadi. Qoida hamma uchun bir xil — RCShop ham shu tartibda ishlaydi.
Ariza qoldirish
Formani to'ldirsangiz, biz o'zimiz bog'lanamiz. Yulduzcha (*) bilan belgilangan maydonlar majburiy.
